

Suv teggan har joyda ProWater. Siz uchun.
Uylardan restoranlargacha, fabrikalardan ofislargacha – har bir ehtiyoj uchun mos suv tozalash tizimlarini 25 yillik tajriba bilan taqdim etamiz. Zamonaviy texnologiya, professional muhandislik va 100% mijozlar roziligi – bizning asosiy maqsadimiz.
1991-yildan buyon...
Firmamiz 1991-yilda Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, tajribali va malakali muhandislar jamoasi bilan suvni tozalash texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Suvni tozalash sohasida yetakchi va eng qadimiy kompaniyalardan biri bo‘lgan Prowater, mijozlar ehtiyojiga qarab ichimlik suvi, foydalanuv suvi hamda sanoat/protsess suvlari uchun individual yechimlar taklif qiladi.


Nega aynan Prowater?
7/24 texnik xizmat
Filtrlar va texnik xizmatlar uchun istalgan vaqtda murojaat qiling. Jamoamiz sizga doimo tayyor.
So‘g‘lom suv, so‘g‘lom hayot
Har bir yutumda toza, xavfsiz va foydali suv. Farzandingiz va oilangiz uchun eng yaxshi tanlov.
Ishonchli mahsulotlar
ProWater va LG Kuno kabi ishonchli brendlar, yuqori sifatli filtr tizimlari bilan.
Kafe, oshxona va restoran yechimlari
Ta'mingizga qiymat qo‘shing, farqingizni namoyon qiling. Sifatingiz bilan sohangizda yetakchi bo‘ling.
Professional oshxonalar uchun ishlab chiqilgan suv filtrlash tizimlarimiz, taqdim etgan har bir ichimlik va taomning ta’mida muhim rol o‘ynaydi.
Prowater, o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan filtrlash texnologiyalari bilan sizga ishonchli va samarali yechimlarni taqdim etadi.

Uy sharoitidagi suv tozalash qurilmalari – krandan doimiy ichimlik suvi
Kompakt va zamonaviy dizayn. Oshxona ostiga oson joylashadi hamda 6 bosqichli chuqur tozalash orqali xlor, hid va cho‘kmani kamaytirishga yordam beradi
Ishonchli standart model. 5 bosqichli tozalash (PP, GAC, CTO, membran, post-karbon) uylar va oilalar uchun eng ko‘p tanlangan yechim
Premium variant. Foydali minerallar bilan boyitilgan yoki alkali opsiya (pH > 8.5) sog‘lom turmush tarziga e’tibor beradigan oilalar va sportchilar uchun ideal tanlov


5 bosqichli ilg‘or filtrlash texnologiyasi
1. Sediment filtri
Suvdagi qum, zang, cho‘kindi va katta zarralarni ushlab qoladi. Keyingi filtrlardan samarali foydalanishga yordam beradi.
2. GAC karbon filtri
Tabiiy kokos po‘stlog‘idan olingan faol uglerod orqali xlorni, yoqimsiz hid va ta’mlarni kamaytiradi. Suvning ichish sifatini yaxshilaydi.
3. Membran filtri (teskari osmoz)
Qurilmaning eng muhim qismi. Juda mayda teshiklari orqali bakteriyalar, og‘ir metallar va zararli moddalarni tozalaydi. Eng sof ichimlik suvini beradi.
4. Mineral filtri
Tozalangan suvga inson salomatligi uchun foydali kaltsiy, magniy kabi minerallarni qaytaradi. Suvning ta’mini muvozanatlaydi va yumshoq ichim beradi.
5. pH filtri (ishqoriy filtri)
Suvning pH darajasini 7,5 dan yuqoriga ko‘taradi va alkali xususiyat beradi. Tana kislota-ishqor muvozanatini qo‘llab-quvvatlaydi, sportchilar va sog‘lom turmush uchun mos keladi.
Bizga ishonch bildirganlar nima deyishmoqda?
ProWater xizmatidan foydalangan mijozlarimizning fikr-mulohazalari biz uchun eng katta faxrdir. Quyida ularning 30 kunlik bepul sinovdan keyingi tajribalari bilan tanishing.


Dilnoza opa, Chilonzor, Toshkent
“Avvaliga sinov deb o‘ylagandik, lekin 1 oydan keyin butun oila faqat shu suvni ichadigan bo‘ldi. Farzandim ham suvni bemalol icha olmoqda. Rahmat!”

Nafisa opa, Sergeli tumani
“Farzandim ilgari suv ichishni xohlamasdi. Endi esa har kuni o‘zi musluqdan suv ichyapti. Bu menga xotirjamlik beradi.”

Azizbek aka, Yunusobod tumani
“Bepul sinov jarayonida suvning ta’mi va tiniqligi meni hayratda qoldirdi. Endi doimiy mijozman.”
Ishonchli sifat va xavfsizlik kafolati
Prowater mahsulotlari dunyo bo‘ylab e’tirof etilgan xalqaro sifat, xavfsizlik va sog‘liq standartlariga muvofiq sertifikatlarga ega. Har bir mahsulotimiz qat’iy tekshiruvlardan o‘tib, siz va oilangiz uchun sog‘lom va ishonchli ichimlik suvi ta’minotini kafolatlaydi.

Sifat Menejmenti Standarti Prowater qurilmalari xalqaro sifat tizimi standartlariga javob beradi.

Tibbiy uskunalar uchun sifat menejmenti tizimlariga oid ushbu xalqaro standart mahsulot xavfsizligi, qonuniy talablar va mijoz qoniqishini birinchi o‘ringa qo‘ygan ishlab chiqarish jarayonlarini tasdiqlaydi. Prowater esa foydalanuvchi salomatligini diqqat markaziga olgan holda ushbu sifat standartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi zavodlardan mahsulot xarid qiladi.

Bu xalqaro standart tibbiy mahsulotlarning xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan sifat tizimini belgilaydi. Bizning mahsulotlarimiz ISO 13485:2016 talablari asosida ishlab chiqariladi.

Mahsulotlarimiz Yevropa Ittifoqining xavfsizlik, sog‘liq va ekologik meʼyorlariga mos kelishini tasdiqlovchi CE belgisiga ega. Bu sertifikat mahsulotlarimizning xalqaro bozorlarda erkin savdosini taʼminlaydi.

TÜV Austria tomonidan berilgan ushbu sertifikat, mahsulotlarimizning xavfsizlik, sifat va xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Prowater tizimlari yuqori darajadagi nazorat va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini anglatadi.

Bu sertifikat mahsulotlarimizning Turk Standartlari Enstitüsü (TSE) talablariga mos kelishini tasdiqlaydi. Mahsulotlarimiz xavfsizlik, sifat va ishonchlilik mezonlariga to‘liq javob beradi.

Bu sertifikat Prowater kompaniyasining atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatini tasdiqlaydi. ISO 14001:2015 standarti ekologik boshqaruv tizimining mavjudligi va samarali ishlayotganligini ko‘rsatadi. U kompaniyaning chiqindilarni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik qonunchilikka muvofiqligini ta’minlaydi.

ISO 14001:2015 sertifikati, korxonamizning atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatini aks ettiradi. Bu tizim orqali chiqindilarni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsad qilingan. Biz “yashil kelajak” tamoyiliga sodiqmiz.

Ushbu sertifikat Prowater mahsulotlarining islomiy halollik me’yorlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydi. RO tizimlari, kabinet qurilmalari va suv dispenserlari kabi ichimlik suvi tozalash qurilmalari, ishlab chiqarishdan tortib dizayn va savdoga qadar barcha jarayonlar halol standartlarga muvofiq amalga oshirilganini anglatadi. Bu, mahsulotlarimizda ishonch va sog‘lomlikni kafolatlaydi.
Quyidagi shaklni to‘ldiring — mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.


